O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston TIV rahbari Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etdi

2019-12-30 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xalqaro press-klubning “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tgan parlament saylovi yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. 2019-yilning 29-dekabr kuni “O‘zbekiston 24” telekanali orqali maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi.

Sessiya ishida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Maxmud Istamov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, elchilar va Toshkent shahridagi diplomatik korpus vakillari hamda xorijiy va mahalliy OAV jurnalistlari ham ishtirok etdilar.

O‘zbekiston TIV rahbari o‘z nutqida xalqaro kuzatuvchilarning savlovdagi ishtirokiga, ular bergan baholarga, jumladan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining Saylovlarni kuzatish boʻyicha to‘laqonli missiyasi bilan konstruktiv hamkorlikka to‘xtalib o‘tdi. Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Vazir yakunlanayotgan 2019-yildagi tashqi siyosatning asosiy voqealariga ham qisqacha izoh berdi.

Поделиться