O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi: 2019
2019-12-30 | Siyosat
2019-yil uchun asosiy tashqi siyosiy tadbir, shubhasiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 29-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘ldi. Sammitda mamlakatlarimiz rahbarlari muntazam ravishda maslahatlashuv uchrashuvlarini "mintaqadagi hamkorlikning dolzarb masalalarini va umumiy muammolarni hal qilishda konstruktiv va ochiq muhokama qilish uchun muzokaralar maydoni sifatida" tashkil etishga kelishib oldilar.
Ushbu sammit, avvalambor, davlatimiz rahbarining shaxsan qo‘shgan hissasi tufayli do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, keng qamrovli hamkorlik, o‘zaro hurmat va ishonch muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Abdulaziz Kamilov
“Xalq so‘zi” gazetasi
29-dekabr 2019y.