O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi xodimlari Turkiya Respublikasida

2019-12-26 | Madaniyat

Joriy yilning 2-14-dekabr kunlari Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi va tizim tashkilotlari xodimlari Turkiya Respublikasi hukumati va Istanbul shahar Madaniyat va turizm yuqori boshqarmasi (Istanbul Valiligi Kultur ve Turizm il mudurlugu) rahbariyati taklifiga asosan Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Xizmat safari davomida dastlabki ijodiy guruh 2-6-dekabr kunlari Turkiya Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi yoshlar va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan “III Turkiy mamlakatlar yoshlari festivali”da ishtirok etib, tadbir davomida o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari va raqs san’atini namoyish etdilar.

Bundan tashqari 8-14-dekabr kunlari Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda tizim tashkilotlaridan shakllantirilgan bir guruh Madaniyat xodimlari Istanbul shahar Madaniyat va turizm yuqori boshqarmasi (Istanbul Valiligi Kultur ve Turizm il mudurlugu) rahbariyati taklifiga asosan, uchrashuvlar va kelishuvlar, madaniy tadbirlar, mahorat darslari va malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.

Ushbu xizmat safari davomida Toshkent viloyati guruhi Istanbul buyuk shahar hokimligi tasarrufidagi “ALI EMIRI EFENDI” Madaniyat markaziga tashrif buyurib, ularning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqinda tanishdilar.

Shundan so‘ng, Turkiya Respublikasi yoshlar va sport vazirligi tasarrufidagi “VEFA” yoshlar Madaniyat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Istanbul shahrida joylashgan eng yirik musiqa maktablaridan biri “ISMEK” musiqa va san’at maktabi dunyoga mashhur maktablardan biri deb e’tirof etilganligini inobatga olgan holda guruh a’zolari ushbu maktabga ham tashrif buyurib, maktab faoliyati va yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ushbu maktabning dunyoga mashhur o‘qituvchilari bilan Toshkent viloyati Musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari o‘zaro tajriba almashish va mahorat darslari o‘tkazdilar.

Safar yakuniga ko‘ra Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi va Istanbul shahar Madaniyat va turizm yuqori boshqarmasi (Istanbul Valiligi Kultur ve Turizm il mudurlugu) rahbariyati bilan istiqboldagi rejalar va o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida muloqotlar o‘tkazilib, ikki tomon o‘rtasida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Поделиться