O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Grafika simfoniyasi” ko‘rgazmasi namoyishi

2019-12-25 | Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Grafika” shu’basi a’zolarining “Grafika simfoniyasi” nomli ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada shu’ba a’zolaridan 31 nafar rassomning 90 ga yaqin grafik asari namoyish etilmoqda.
 
”Grafika” shu’basida yurtimizda ijod qilayotgan 150 dan ortiq rassom jamlangan. Ular yilda ikki marta ko‘rgazmalar uyushtiradi va turli xil tanlov hamda bayram tadbirlarida ishtirok etadi.
 
Namoyish qilinayotgan asarlar turli uslublarga xosdir. Jumladan, Aleksey Gvardin “Ketayotgan yorug‘lik sari” asarida kompyuter grafikasidan foydalangan. Tatyana Goncharovaning “Oqshom”, “Tong” kabi asarlari akvarelda ishlagan. Robert Matevosyan esa “Tog‘da”asarida pastel uslubidan foydalangan.
 
Ko‘rgazmada bir qancha shoir va yozuvchilarning povest, poemalariga ham illustrasiyalar ishlangan. Jumladan, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” povestiga, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” poemasiga bag‘ishlangan illustrasiyalar ko‘rgazmani yanada bezadi.
 

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA

Поделиться