O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ShHT kotibiyatining Bosh kotibi Vladimir Norov bilan rasmiy uchrashdi

2019-12-25 | Madaniyat

Joriy yilning 24-dekabr kuni Xitoy davlatining Pekin shahrida Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ShHT kotibiyatning Bosh kotibi Vladimir Norov bilan rasmiy uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Buxoro shahri xokimi K.Kamalov, Oliy majlis senatining halqaro bo‘limi boshlig‘i A.Artikov, O‘zbekiston Respublikasi Xitoydagi elchixonasining maslahatchisi N.Ubaydullayev, Madaniyat vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S.Foziljonov, ShHTning O‘zbekiston Respublikasidagi Xalqlar diplomatiyasi markazining direktor o‘rinbosari K.Sabirov, Xunarmandchilikni rivojlantirish markazi direktori N.Kuziyev, O‘zbekiston amaliy san’at muzeyining direktori I.Yusupovlar ishtirok etishdi.

Rasmiy uchrashuvda ShHT doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy-gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi, 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlar borasida muzokaralar olib borildi. Ayniqsa, O‘zbekiston bilan madaniyat va san’at sohasida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama tajriba almashish hamda xunarmanchilikni rivojlantirish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Поделиться