O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Xitoy “B2B” muzokaralari bo'lib o'tdi
2019-12-25 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 24-dekabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi va Xitoyning Sin'szyan-Uyg‘ur avtonom rayoni tijorat departamenti bilan hamkorlikda respublikamizdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish bo‘yicha “O‘zbekiston-Xitoy” biznes forumi va “B2B” formatidagi muzokaralar bo'lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Xitoy tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi 25 ta kompaniya rahbarlari va vakillari, O‘zbekiston tomonidan esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi 50 dan ortiq mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Xitoy delegasiyasi vakillari yurtimizning qishloq xo‘jaligi sohasidagi salohiyati, eksport imkoniyatlari va bu sohadagi istiqbolli rejalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida ikki davlat ishbilarmon doiralari yurtimizdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoyga yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekisiton va Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasida respublikamizdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha qator bitim va kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani tijorat departamenti delegasiyasi hamda Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistondan Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini, hamkorlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish, meva-sabzavot mahsulotlari klasterlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama etilgan edi.