O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Britaniyaning SupplyFinder konsalting kompaniyasi boshqaruv raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-12-24 | Iqtisodiyot

Joriy yil 23-dekabr kuni investitsiya va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov britaniyaning SupplyFinder konsalting kompaniyasi boshqaruv raisi, Lord Ueverli va Buyuk Britaniya parlamenti lordlar palatasi mustaqil a’zosi, Djon Desmond Forbs Anderson bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dj. Anderson O‘zbekiston Respublikasi parlamentining Qonunchilik palatasiga saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar safiga kirgan. U saylov jarayoni to‘g‘risida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, saylovlarning xalqaro standartlarga to‘liq muvofiqligi, mutlaq shaffofligi, haqqoniyligi hamda  saylovchilar ovoz berish uchun uchastkalarga to‘siqsiz kirganliklarini ta’kidlab o‘tib, o‘tkazilgan saylovlar O‘zbekiston parlamentining yangi saylangan deputatlari va Buyuk Britaniya parlamenti a’zolari o‘rtasida yaqin va samarali hamkorlikni yanada faollashtirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishiga umid bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvlarda bugungi kunda mavjud salohiyat to‘liq safarbar etilmayotgan ikki tomonlama investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalariga to‘htalib o‘tildi. Qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, moliyaviy-texnik hamkorlik va o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish uchun imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida, ikki mamlakat ishbilarmonlarini o‘zaro yaqinlashtirish zarurligi haqida ikki tomonning pozitsiyasi bir bo‘ldi.

Shu nuqtai nazardan, yaqinda Londonda bo‘lib o‘tgan va Britaniya biznesining o‘zbek bozoriga katta qiziqishi va O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish uchun katta istiqbollar mavjudligini namoyon qilgan UzInvest Forum-2019 biznes-forumi haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv ishtirokchilarining o‘zaro fikriga ko‘ra, bunday tadbirlarni o‘tkazishning tizimli va aniq maqsadli amaliyoti o‘zbek va ingliz tadbirkorlariga, qo‘shma loyiha va tashabbuslar uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilagan holda, biznes manfaatlarining kesishish nuqtalarini topish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan, uchrashuv yakunida investitsiya va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov Lord Ueverlini 2020-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan va O‘zbekistonning jahon biznes hamjamiyati bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish uchun samarali maydoncha bo‘lib xizmat qiladigan Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi. 

Поделиться