O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda Qozog‘iston yili munosabati bilan yil davomida o‘tkazilgan tadbirlar

2019-12-24 | Madaniyat

2019-yil O‘zbekiston Qozog‘iston yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan yil davomida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur Tadbirlar rejasi 3 bo‘limdan (siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar) iborat bo‘lib, 85 ta tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Shu kunga qadar, Qozog‘iston tomonidan mamlakatimizda qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan:

6-10-aprel kunlari Termiz shahrida o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida qozog‘istonlik Uljan Baybusinova ishtirok etib, Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritdi;

12-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasida Qozog‘iston Respublikasi yilining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi, unda Qozog‘istonning 700 ga yaqin san’at ustalari ishtirok etdi;

11-aprel - 11-may kunlari O‘zbekiston davlat san’at muzeyida Qozog‘iston muzeylarining “Buyuk dasht: tarix va madaniyat” nomli ko‘rgazmasi o‘tkazildi;

16-aprel kuni Toshkent shahrida VI O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumi o‘tkazildi, ikki tomondan 220 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

22-26-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida “Qozog‘iston-O‘zbekiston: hamkorlikning yangi qirralari” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

10-21-may kunlari Toshkent shahrida Qozog‘iston ta’lim kunlari o‘tkazildi. Unda Qozog‘istonning 40 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi.

11-12-may kunlari Qozog‘istonning “Saltanat” davlat raqs teatri Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida kontsert namoyish etdi.

15-16-may kunlari “O‘zbekkino” MA va “Qozoqfilm” AJ bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Qozog‘iston kino kunlari o‘tkazildi.

13-18-may kunlari Jambil viloyatining ijodiy jamoasidan tashkil topgan delegatsiya Jizzax viloyatida turli kontsertlar, spektakllar namoyishi va mahorat darslari o‘tkazdi.

May oyida O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Abay” spektakli sahnalashtirilib, namoyish etildi.

3-4-iyun kunlari O‘zbek milliy akademik drama teatrida Kastanay viloyatining I.Omarov nomidagi qozoq teatrining “Xan Kene” va “Ayman-Sholpan” spektakli namoyish etildi.

4-15-iyun kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Qozog‘iston Respublikasining “Astana opera” teatri jamoasi tomonidan qo‘yilgan spektakl namoyishlari o‘tkazildi.

Iyun oyi davomida Qozog‘iston Respublikasi Qustanay viloyati I.Omarov nomidagi viloyat qozoq drama teatrining O‘zbekistonga gastrol safari uyushtirildi.

10-14-iyul kunlari Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro folklor musiqa festivalida Qozog‘istondan “Astar” jamoasi ishtirok etib, “Ajdodlarni unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

10- va 13-iyul kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Qozog‘istonning “Astana opera” davlat opera va balet teatrinnig “Abay” va “Madam Batterflyay” spektakli namoyish etildi.

14-avgust kuni O‘zbekiston milliy akademik teatrida R.Otarbayevning “Narkom Jurgenov” nomli spektakli namoyishi o‘tkazildi.

14-avgust kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida hamda Tomdi va Uchquduq shaharlarida Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyat filamoniyasining kontserti o‘tkazildi.

22-25-avgust kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Qozog‘iston Respublikasining “Astana balet” teatri ishtirokida spektakl namoyishlari o‘tkazildi.

sentabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda V.Uspenskiy nomidagi RIMALda D.N.Nazarbayev boshchiligidagi “Degtar” gumanitar jamg‘armasi tomonidan “Yaponiya kuzi” festivali o‘tkazildi.
23-27-sentabr kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahriga Nurpeisov nomidagi Qozog‘iston Akademik orkestri tomonidan gastrol safari uyushtirildi.

24-sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Qazaqkontsert” davlat kontsert tashkiloti tomonidan “Astana sazi” nomli kontsert dasturi o‘tkazildi.

26-27-sentabr kunlari Qozog‘istonning “Aygak” teleradiokompaniyasi o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy merosi aks etgan film suratga olish maqsadida Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

3 oktabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi bilan hamkorlikda Qozog‘istonning “Kamerata Kazaxstana” musiqa ansamblining kontsert dasturi o‘tkazildi.

oktabr - 7-noyabr kunlari Toshkent, Farg‘ona shaharlarida Qozog‘istonlik musiqa ichrochilari hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Sug‘diyona” xalq cholg‘u asboblari orkestri bilan ko‘shma kontsert dasturi o‘tkazildi.
10-12-oktabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasining zalida Jambil nomidagi Qozog‘iston davlat filarmoniyasining kontsert dasturi o‘tkazildi.

11-oktabr kuni Qozog‘istonning Aktobe viloyati “Aloqay” qo‘g‘irchoq teatrining toshkent shahrida “Kto zapletayet grivi loshadyam” spektakli va qo‘g‘irchoq shousi o‘tkazildi.

14-oktabr kuni Toshkent shahrida Qozog‘iston xalq artisti Roza Rimbayevaning kontserti tashkil etildi.

oktabr kuni toshkent viloyatida R.Seytmetova nomidagi Turkiston musiqali drama teatri tomonidan R.Otarbayevning “Mustafo Cho‘qay” drammasi namoyish etildi.
29-30-oktabr kunlari davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xollida Turkiston viloyati rassom va fotograflarining “Shejipeli Turkestan” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.

30-oktabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining zalida Koldayakov nomidagi Turkiston viloyati filarmoniyasi hamda opera va balet teatri tomonidan “Dostikti jirlaymi» nomidagi kontsert dasturi o‘tkazildi.

30-oktabr - 3-noyabr kunlari Toshkent shahriga Qozog‘iston Respublikasi Akademik nemis dramatik teatri tomonidan gastrol safari uyushtirildi.

Oktabr oyi davomida Toshkent shahridagi Qurolli kuchlar muzeyida “Aktebe jeri-batirlar yeli” Xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

3-6-noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida Qozog‘iston milliy akademik Xoreografiyasi tomonidan kontsert dasturi o‘tkazildi.

6-noyabr kuni “Turkiston” san’at saroyida Qozog‘iston xalq artisti Makpal Junusov hamda Qozog‘istonning “Saz&Soul” hamda “Astana Sazi” ansambllari ishtirokida kontsert dasturi o‘tkazildi.

Joriy yilning dekabr oyida Qozog‘iston Mustaqillik kuni doirasida Turkiston viloyati filarmoniyasining kontserti tashkillashtirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining tantanali yopilish marosimi joriy yilning 21-dekabr kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: 2018 va 2019 yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Xalqaro maqom san’ati anjumani, Xalqaro baxshi san’ati festivali, “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali va Xalqaro hunarmandlar festivalida Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan.

Поделиться