O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tez yordam mashinalari mitingda ishtirok etgan minglab fuqarolar salomatligini ta’minlash maqsadida ajratilgan
2019-12-24 | Sog‘liqni saqlash
O‘zbekiston katta siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatligiga saylovlar o‘tkazildi. Ushbu saylovlar arafasida mamlakatimiz hududlarida ko‘plab saylovoldi targ‘ibot tadbirlari, mitinglar tashkillashtirildi.
Xususan, mana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 16-oktabr kuni Jizzax shahrida tashkil etildi. Mazkur mitingni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad — O‘zbekiston "Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirishda partiya xayrixohlarini birlashtirish hamda partiya g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining o‘zbilarmonligi yoki o‘zboshimchaligi bilan o‘tkazilgani yo‘q. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mezonlari asosida tashkil etilib, unga o‘n besh kun oldin mahalliy hokimiyat hamda vakolatli davlat organlariga murojaat qilinib, tegishli ruxsatnoma olindi.
Mitingda yoshlar bilan bir qatorda, nogironligi bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, yoshi ulug‘ mehnat faxriylaridan iborat sakkiz ming nafardan ortiq fuqarolarimiz ishtirok etib, partiyaning g‘oya va maqsadlarini qo‘llab quvvatlashdi.
Tabiiyki, ushbu fuqarolarimizning turli xil favqulotda vaziyatlarda xavfsizligini va sog‘ligini ta’minlash maqsadida bir qator tashkilot va boshqarmalar qatori viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tez yordam mashinasi so‘rab yozma murojaat qilindi. Shundan so‘ng tez tibbiy yordam mashinalari ajratildi. Bunda fuqarolarning manfaatlari ustunligi, ularning tez tibbiy yordam xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini qondirilishi uchun ajratilgan. Lekin miting paytida tez tibby yordam mashinasining tashqi kuzov qismiga saylovga davat etuvchi turli xil yozuvlar bilan bezatilganligi bois tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri A. Joniqulovga nisbatan ogohlantirish berildi.