O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SSPda Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Jon Desmond Veyverli bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2019-12-24 | Iqtisodiyot
2019-yil 23-dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Jon Desmond Veyverli bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Jon Desmondga yaqinda bo'lib o'tgan parlament saylovlarida qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuvda Jon Desmondga respublikada olib borilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar, shu jumladan pul-kredit siyosati, erkin iqtisodiy zonalar, biznesni yuritish uchun qulay sharoitlar, shuningdek, xorijiy investorlarga beriladigan imtiyoz va preferentsiyalar haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar 4 ta tilda ishlaydigan va 23 ta mintaqani, 228 ta mamlakatni, 25 ta turli sektorlarni o'z ichiga olgan, eksportchilar va importchilar uchun mo'ljallangan yangi elektron platformani amalga oshirish loyihasini ko'rib chiqdilar.