O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fuqarolar ongli ravishda mamlakat kelajagi uchun ovoz berishdi
2019-12-24 | Saylov
2019-yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov Misr Arab Respublikasining Vakillar majlisining Ijtimoiy birdamlik, oila va nogironlar qo‘mitasi raisi Abdulxadi Ahmad Abdulxadi Al-Kasabi bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida joriy yil 22-dekabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylov xususida fikr almashildi, shuningdek ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Abdulxadi Ahmad Abdulxadi Al-Kasabi yangi Saylov kodeksiga binoan o‘tkazilgan saylovda ovoz berish jarayonida fuqarolarning yuqori faolligini hamda fuqarolar ongli ravishda o‘z tanlovi asosida mamlakat kelajagi uchun ovoz berganini qayd etdi.