O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistondagi saylovlar Osiyo davlatlari parlamentlari uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qilishi mumkin

2019-12-24 | Saylov

2019-yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanovning mamlakatimiz parlament sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Osiyo Parlament assambleyasi bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’kidlanganidek, joriy yil 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovi yuqori tashkiliy darajada o‘tkazildi, uning ochiqligi va shaffofligi, saylovchilarning faolligi kuzatildi.

“O‘zbekistondagi saylovlar ko‘p partiyaviylik asosida o‘tkazildi, bu Osiyo davlatlari parlamentlari uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Men Toshkent shahridagi beshta saylov uchastkasida bo‘ldim va u yerda ishlar yaxshi tashkil etilgani, saylovchilar uchun qulayliklar yaratilganini ko‘rdik. Umid qilamanki, yangi saylangan deputatlar parlament diplomatiyasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi va Osiyo parlament assambleyasida faol ishtirok etadi”, - dedi Muhammad Rizo Majidiy.

Поделиться