O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv
2019-12-18 | Siyosat
2019-yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Mustor Elchisi Timoti Torlot bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi, 2019-yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi. 2020-yilda hamkorlikni, jumladan qo‘shma ta’lim va ekologik loyihalarni amalga oshirishdagi sherikchilikni kengaytirishga tomonlarning tayyorligi tasdiqlandi.
Muzokaralarda kelasi yildagi turli darajadagi uchrashuvlarning jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.