O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TRIPS kelishuvini imzolashda Bern konvensiyasining ahamiyati

2019-12-18 | Jamiyat

Joriy yilning 16-20-dekabr kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O’zbekistonda sud-huquq sohasida islohotlarni qo’llab-quvvatlash loyihasi doirasida Intellektual mulk huquqining savdo jihatlari bo’yicha kelishuv (TRIPS)ga qo’shilish va Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo’lish asoslari yuzasidan seminar-trening bo’lib o’tmoqda.

Seminar-trening ikkinchi kunida “Adabiy va badiiy asarlar muhofazasi to’g’risida”gi Bern konvensiyasi normalari va TRIPS kelishuvining o’ziga xosliklari muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vaziri o’rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori To’lqin Abdusattorov Oʼzbekistonning 2005-yildan boshlab Adabiiy va badiiy asarlar muhofazasi toʼgʼrisidagi Bern konvensiyasi (1971-yil, Parij) ishtirokchisi ekani va mamlakatimizning yuqoridagi xalqaro shartnomalarga qoʼshilishi  xalqaro talablarga toʼliq javob beradigan intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik tizimi yaratilganini ta’kidladi. Ushbu xalqaro hujjatlarga qoʼshilishi Oʼzbekiston Respublikasining milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, uning uygʼunligini va standartlashtirilishini taʼminlash borasida oʼzining qatʼiy pozitsiyasini saqlash hamda mustahkamlashga intilayotganiga yaqqol misoldir.

Minnesota Universiteti yuridik fakultetining yurisprudensiya doktori Polli Mayer o’z ma’ruzasida, adabiy va badiiy asarlarga boʼlgan mualliflik huquqlarini himoya qilishning milliy rejimiga muvofiq Konvensiya a’zosi boʼlgan mamlakatlardan birida yaratilgan har qanday asar boshqa a’zo-mamlakat mualliflik asarlari bilan bir qatorda himoya qilinishi, hech qanday rasmiyatchiliksiz ya’ni asarni ro’yxat olmasdan ham mualliflik huquqining vujudga kelishi Bern konvensiyasining asosiy prinsiplari hisoblanishini aytib o’tdi.

Ayniqsa, asar yaratilgan mamlakatda u himoya qilinishi yoki uning amal qilish muddati oʼtganidan qatʼi nazar Konvensiya ishtirokchisi boʼlgan barcha mamlakatlarda uni himoya qilish zarurligi, har bir mamlakat rasmiy matnlar, normativ, maʼmuriy, sud hujjatlari, xalq ijodi asarlarini huquqiy himoya qilish masalasini mustaqil hal qilishi katta ahamiyatga ega.

Bern konvensiyasida mualliflik huquqini himoya qilishning minimal muddatlari ko’rsatilgan bo’lib, bu muddatlar a’zo davlatlar qonunchiligida o’zgartirilishi mumkin.  Bern konvensiyasiga ko’ra, asar  mualliflari bilan bir qatorda, ularning huquqiy vorislarini ham muallif vafotidan soʼng 50 yil mobaynida huquqiy himoya qilinadi. Kinematografik asarlar uchun bu muddat film birinchi marta omma oldida namoyish qilinganidan soʼng 50 yilni, fotosuratlar va amaliy sanʼat asarlari uchun esa – asar yaratilganidan soʼng 25 yilni tashkil etadi.

Shuningdek, Bern konvensiyasiga qo'shimcha sifatida Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari to'g'risidagi kelishuvi (TRIPS)ni eslatib o'tilishi kerak. Ushbu Kelishuvning asosiy g'oyasi shundan iboratki, intellektual mulkka mutlaq huquq Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo davlatlar o'rtasida tovarlarni erkin almashish yo'lida asossiz cheklovlar yaratmasligi kerak. Shunday qilib, TRIPS kelishuviining qabul qilinishi globallashgan iqtisodiyotda intellektual mulkni huquqiy himoya qilishning umumiy konsepsiyasini o'zgartirish uchun asos yaratdi.

Bundan tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlarga Konventsiyasida ko'zda tutilgan mutlaq huquqlarga nisbatan alohida yondashuv qo'llash mustahkamlangan. Xususan, ma'lum shartlarga rioya qilgan holda ko'chirish va ko'paytirish huquqiga nisbatan minimal himoya talablariga rioya qilmaslik mumkin. Bu haqida Konventsiyaning rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli maxsus qoidalar ishlab chiqilgan qo'shimcha bo'limida aks ettirilgan.

Qayd etilganidek, TRIPS g’oya va ifoda o’rtasidagi farqni ajratish orqali mualliflik huquqiga daxl qilish nuqtasini aniqlashga yordam beradi. Misol uchun, pazandachilik haqidagi qo’llanma mualliflik huquqi bilan himoya qilingan bo’lib, ruxsatsiz uni ko’paytirish va tarqatish qonun bilan man etilgan. Lekin Siz undagi retseptlardan taom tayyorlashda bemalol foydalanishingiz mumkin.

Ishtirokchilar asardan nusxa olish va uni tarqatish, jamoat yoki aholiga xizmat ko’rsatish joylarida musiqa tinglaganlik uchun mualliflik huquqining buzilish holatlari haqidagi misollar bilan tanishishdi va savollariga javob olishdi. Seminar o’z ishini davom ettirmoqda.

Поделиться