O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Serbiyaga qilingan xizmat safari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
2019-12-18 | Jamiyat
Joriy yilning 17-dekabr kuni Davlat statistika qo`mitasida 2019-yil 10–13-dekabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida bo`lib o`tgan seminar bo‘yicha taqdimot tashkil etildi.
Seminarda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi mutaxassisi Aziz G‘afurov xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot qildi.
Tadbir davomida "Mamlakatlarda rasmiy statistika uchun milliy sifatni ta'minlash tizimini joriy qilish doirasida O‘zbekiston Respublikasida Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarining sifatini yaxshilash" mavzusida fikr-mulohaza almashildi. Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarining sifatini yaxshilash va har bir maqsad, vazifa va ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida Serbiyada statistika sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.