O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT Kuzatuvchilar missiyasi bilan uchrashuv
2019-12-18 | Saylov
2019-yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovni kuzatish bo‘yicha Shanxay hamkorlik tashkiloti Missiyasi rahbari sifatida mamlakatimizga kelgan ShHT Bosh kotibi o‘rinbosari Se Syaoyun bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Missiya faoliyatining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. ShHTdan 20 nafar kuzatuvchi ishtiroki kutilayotgani, ulardan 9 nafari O‘zbekistonga kelib bo‘lgani qayd etildi.
Muloqot davomida ta’kidlanganidek, bu yilgi saylov “Yangi O‘zbekiston – yangi saylov” shiori ostida va har tomonlama ekspertizadan o‘tgan va qator nufuzli xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan O‘zbekistonning yangi Saylov kodeksi asosida o‘tmoqda.
Saylov jarayonini yanada demokratlashtirishga mo‘ljallangan qator yangiliklar kiritilmoqda. Jumladan ilk bor xorjiy mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolari ham ommaviy ravishda ovoz berishda ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va ShHT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga doir dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.