O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Transportda xavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirish sohasida hamkorlik
2019-12-17 | Xavfsizlik sohasi
Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi temir yo’llar Akademiyasining boshlig’i o’rinbosari Xu Chuanpin boshchiligidagi delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Bugun, joriy yilning 17 dekabrda xitoy delegatsiyasining respublikamiz IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasida bo’lib, bosh boshqarma boshlig’i Rustam Toshpulatov bilan uchrashuv o’tkazdilar.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Ta’kidlanishicha, xamkorlikni rivojlantirish negizida, so’ngi ikki yil davomida O’zbekiston ichki ishlar organlarining 64 xodimi Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflari amalga oshirilgan bo’lib, o’z navbatida xitoy politsiyasi vakillaridan 108 nafari yurtimizga tashrif buyurishgan.
Uchrashuv davomida XXR mutassadi xodimlari, o’zbek hamkasblari bilan Xitoy temir yo’l transportida xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha amaliy tajribalari bilan almashdilar.
Tadbir yakuniga ko’ra, tomonlar mazkur sohada tajriba almashinuvini davom ettirishga, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Xitoy politsiya vakillarining mamlakatimizga tashriflari davom etmoqda.