O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tokio va Nagoya koʼchalaridagi LED-ekranlarda Oʼzbekistonning turistik salohiyati namoyish etilmoqda
2019-12-17 | Turizm
Yaponiyaning Nagoya hamda Tokio shaharlarining sayyohlar va mahalliy aholi eng gavjum ko'chalarining markazlarida joylashgan LED ekranlarda O'zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyishi tashkillashtirildi.
Ushbu videorolikda mamlakatimiz turistik shaharlarining jozibadorligiga alohida urg'u berilgan.
Shuningdek, ushbu videroliklarning namoyishidagi yana bir e'tiborli jihati shundaki, namoyishning aynan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga davlatiga amalga oshirayotgan oliy darajadagi tashrifi doirasiga to'g'ri kelganidir.
Ma'lumot o'rnida, O‘zbekiston-Yaponiya turizm sohasidagi aloqalarining o'zaro rivojlanishi mamlakatimizga kunchiqar mamlakatdan sayyohlar oqimini oshishiga hamda yurtimizga turizmdan olinadigan daromadlarning yanada ko‘payishiga olib keladi.