O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy qismlarda saylovchilar uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda

2019-12-17 | Saylov

Ayni paytda mamlakatimiz ertasiga bevosita aloqador bo‘lgan siyosiy jarayon arafasida turibmiz. Ya’ni, 2019-yilning 22-dekabr kuni mamlakatimiz parlamentining Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari, harbiy qismlar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtidagi 216-saylov uchastkasida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari Toshkent viloyati hamda Chirchiq shahar Kengashlari deputatligi uchun nomzodlarga ovoz to‘planadi.

– Ushbu saylovga beshta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi targ‘ibot-tashviqot materiallari saylov uchastkamizning eng qulay kirish qismidan o‘rin olgan.

Saylovchilar barcha nomzodlarning ish faoliyati, ilgari surayotgan tashabbus va g‘oyalari hamda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan yaqindan tanishish, batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega, – deydi mayor Aziz Abduvoitov. – Ayni paytda saylov uchastkamizda 1344 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga, saylov komissiyasi a’zolariga, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillariga barcha sharoitlar yaratildi. Tibbiyot xonasi, ko‘chma saylov qutisi shay holatga keltirilgan. Bundan tashqari, har bir bo‘linmalarimizda saylov targ‘iboti burchaklarini tashkil etganmiz.

Shuningdek, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismlar tomonidan ham mazkur muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi. Saylov uchastkalari faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilib, zamonaviy talablar darajasida jihozlanishi ta’minlandi. Buni biz bilan suhbatda bo‘lgan bir guruh harbiy xizmatchilarning fikri ham tasdiqlaydi.

– Bu yilgi saylovoldi jarayoni avvalgilaridan tubdan farq qilmoqda. Ommaviy axborot vositalari orqali tashkil etilayotgan debatlarda ham partiyalarning jiddiy kurashga kirishganini kuzatib boryapmiz, – deydi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismning shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi, oddiy askar Muhiddin Ahmedov. – Bu yilgi saylov ilk marotaba O‘zbekiston Saylov kodeksi asosida o‘tkazilish bilan ahamiyatlidir. Beshta partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi targ‘ibot tadbirlarida qatnashish va tarqatma materiallari bilan batafsil tanishish asnosida aniq bir to‘xtamga keldim. Men o‘z konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib, fuqarolar manfaatlarini amalda ifoda eta oladigan munosib nomzodga ovoz beraman!

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish 22 dekabr yakshanba kuni soat 8:00 da (ilgari soat 6:00 da) boshlanadi va 20:00 da nihoyasiga etkaziladi.

Поделиться