O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tahsin” koʻrik-tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

2019-12-17 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Tahsin” koʻrik-tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va boshqalar mamlakatimizda yosh avlod uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, isteʼdodli yoshlarimizning ulkan yutuqlari haqida soʻz yuritdi.

“Tahsin” mukofoti yil davomida u yoki bu sohadagi mehnati va yutugʻi keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholangan iqtidorli, sergʻayrat yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taʼsis etilgan. Mukofotga, avvalo, oʻzi istiqomat qilayotgan mahalla, oʻqish yoki ish joyida odob-axloqi va mehnati bilan jamoatchilik hurmatini qozongan 30 yoshgacha boʻlgan 500 nafardan ortiq yosh nomzodi koʻrsatildi. Shulardan 22 nafar nomzod “Tahsin” mukofotiga sazovor boʻldi.

– Koʻrik-tanlovda mamlakatimizda ijtimoiy sohada namunali mehnat qilib, samarali ishi va muvaffaqiyatlari bilan mutaxassislar va jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan yoshlarimiz faol ishtirok etdi, – dedi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov. – Iqtidori va faolligi bilan xalqimiz eʼtirofiga sazovor boʻlgan yosh shifokor, pedagog, murabbiylar, milliy musiqa, raqs, kino, teatr sanʼati xodimlari, adabiyot, hunarmandchilik rivojiga hissa qoʻshayotgan, oʻzining yorqin asarlari bilan xalq mehrini qozongan ijodkorlar, yosh hunarmandlar, fan va sport sohasida respublika, xalqaro olimpiada, musobaqalarda, tanlovlarda katta yutuqlarga erishayotganganlar ham qatnashdi.

– Biz bu koʻrik-tanlovda oʻzbek tilida masofaviy taʼlim olish imkoniyatlari rivojiga qoʻshgan hissamiz uchun gʻoliblikka erishdik, –dedi “Khan academy” jamoasi aʼzolari Botir va Nigora Orifxoʻjayevlar. – “Khan academy-oʻzbek” loyihasi – oʻzbek tilidagi ilk onlayn taʼlim maktabi boʻlib, loyihamiz matematika, fizika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, ingliz tili grammatikasi, tibbiyot, astronomiya, moliya, tarix kabi 30 dan ortiq fan boʻyicha 10 mingdan ziyod videodars va 100 mingdan ortiq mavzulashtirilgan interaktiv mashqni jamlagan juda keng qamrovli platforma boʻlib, har kim oʻzi istagan tilda, qulay vaqt va joyda kerakli fan boʻyicha bepul bilim olishi mumkin.

Mukofot sovrindorlariga 10 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti, diplom va maxsus statuyetkalar topshirildi.

 

Gulnoza BOBOYEVA, Oqil GʻULOMOV, Temur MAMADAMINOV olgan suratlar, OʻzA
 

Поделиться