O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikistonlik hamkasblarimiz soliq siyosati va soliq ma'muriyatchiligi sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdilar

2019-12-16 | Iqtisodiyot

Soliq siyosati va soliq ma'muriyati sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishish uchun Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi 4 kunlik tashrif bilan Toshkentga keldi.

Tashrif davomida hamkasblar islohotlar va erishilgan natijalar bilan tanishdilar. Xususan, jismoniy shaxslarning daromadlariga soliqning tekis shkalasi joriy etilishi, yagona ijtimoiy to'lovning pasayishi ularning soni va ish haqi fondini legallashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatgani ta'kidlandi.

Muhokama chog'ida qo'shimcha qiymat solig'ini ma'muriylashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Hamkasblar "insofsiz" soliq to'lovchilarni aniqlash bo'yicha tajribalari bilan o'rtoqlashdilar va almashdilar.

Shuningdek, Soliq kodeksining yangi tahriri hamkasblariga taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar soliq siyosati va soliq ma'muriyati sohasida o'zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Поделиться