O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti YeXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

2019-12-16 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outramni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston bilan YeXHT va uning tuzilmalari o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda tashkilot Bosh kotibi Tomas Gremingerning mamlakatimizga tashrifi yakunida qabul qilingan YeXHT bilan sheriklikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston tashkilotning Parlament Assambleyasidagi ishtirokini tikladi. YeXHT yurtimizdagi parlament saylovlariga 1999-yildan buyon ilk bor to‘laqonli missiyani jo‘natdi.

Bugungi uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari xususida batafsil fikr almashildi, milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylov va boshqa sohalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

YeXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul hamda mamlakatimiz YeXHT bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kayetana de Zulueta O‘zbekistondagi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy muhitda, salmoqli darajada takomillashtirilgan huquqiy normalar asosida o‘tayotgani, shu sababli DIIHB saylov jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidladi.

Поделиться