O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekistonda “Rebate” tizimining ishga tushirilishi g'arb kino sanoati uchun katta kashfiyot bo'ladi

2019-12-12 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi ko'magida O'zbekiston Milliy kinokomissiyasi ilk bor Londonda "Focus-Location Guide" xalqaro kinolokatsiyalar ko’rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etdi.   

Kino ishlab chiqaruvchilar, televidenie va reklama tashkilotlarini, 200 dan ortiq ma'ruzachilar va delegatlarni bir joyga to’plagan tadbir necha yillardan buyon kino sohasida tajriba va takliflar almashinish uchun maydon bo’lib kelmoqda. Tadbirda dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan yirik kinokompaniyalar ishtirok etadi. “Focus-Location Guide” Buyuk Britaniyadagi yagona tadbir sifatida bo'lajak film loyihalari uchun joy tanlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi.

“Focus-Location Guide” dasturining mutanosibligini ta’minlash maqsadida Britaniya kinematografiya instituti, Britaniya kinokomissiyasi, Reklama prodyuserlari uyushmasi, Ijodiy ishlab chiqarish gildiyasi, “Creative Skillset”, Buyuk Britaniya kinematografik kompaniyalari uyushmasi, “Creative Europe Media Desk UK” va “Women in Film and TV” kabi dunyoning yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Bu yil O'zbekiston ushbu tadbirda ishtirok etish, mamlakat salohiyatini xalqaro kino loyihalari bozorida namoyish etish, shuningdek, kino ishlab chiqarish va televidenie sohasidagi eng yaxshi ma'ruzachilarning leksiyalarida, mahorat darslarida va seminarlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldi. Shuningdek, xalqaro ko'rgazma doirasida Milliy kinokomissiya vakillari "Action Plus Media", "A Infinity A Films", "Directors Guild of America", "Film LBBD" kabi jahon kinokompaniyalari mutaxassislari bilan uchrashuvlar o'tkazdilar va syujetlarni O'zbekistonda tasvirga olishning afzalliklari va qo’shma loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi. Ko'rgazmada O'zbekistonni ko’rishdan juda xursandmiz.

Mamlakatda kinoturizm sohasida sezilarli o’zgarishar bo’ldi. “Rebate” tizimi ishga tushirilishi bilan mamlakat g'arb kino sanoati uchun katta kashfiyotga aylanadi. Landshaftlarning xilma-xilligi, yaxshi mutaxassislar va “rebate” tizimini joriy qilinishi – mamlakatning kino ishlab chiqarish sohasidagi salohiyatini oshiradi”, – deydi Klara Li, “Focus-Location Guide” bosh menenjeri. 4 dekabr kuni O'zbekiston stendida ko’rgazma ishtirokchilarini va manfaatdor kinoijodkorlarni xorijiy kino kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “rebate” tizimi bilan tanishtirish bo’yicha taqdimot bo’lib o’tdi.

Shu yili O'zbekiston Milliy kinokomissiyasi mahalliy kinolokatsiyalarni va kinoturizmni ommalashtirish maqsadida “European Film Market” (Berlinale), “Marché Du Film” (Festival De Cannes), “FILMART” (Hong Kong International Film & TV Market)  “Asian Film Market” (Busan IFF), “American Film Market”, “Hainan Island IFF” va “Focus-Location Guide” kabi yirik xalqaro kinotadbirlarda ishtirok etdi. Eslatib o'tamiz, xalqaro kinotadbirlarda milliy pavil’onlarning tashkil etilishi davlat rahbarining “O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.  

Поделиться