O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda xalq taʼlimi tizimidagi islohotlar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki boshqa mamlakatlar, xalqaro ekspertlar eʼtiborini ham tortmoqda

2019-12-12 | Ta’lim

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov raisligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi xodimlari va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari ishtirok etdi.

Mazkur yigʻilishda Xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatov quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi:

– Oʻzbekistonda xalq taʼlimi tizimidagi islohotlar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki boshqa mamlakatlar, xalqaro ekspertlar eʼtiborini ham tortmoqda. Tizimdagi mana shunday ulkan oʻzgarishlardan biri — davlatimiz rahbari qarori asosida tashkil etilgan Prezident maktabi boʻldi. Mazkur maktab iqtidorli yoshlarga quchoq ochdi. Mamlakatimizda tashkil etilayotgan Prezident maktablari yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda muhim asos boʻlishi shubhasiz. Chunki mazkur oʻquv maskanlari iqtidorli bolalarni aniqlash, ilgʻor texnologiyalarni qoʻllagan holda ularga saboq berish va tarbiyalash boʻyicha yaxlit tizim boʻladi. Taʼlim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalar va dasturlar boʻyicha ingliz tilida olib boriladi. Shunday maktablarning biri bugun Nukus shahrida ham foydalanishga topshirildi. Prezident maktabi oddiy maktablar bilan oʻzaro tajriba almashish borasida lokomotiv boʻlishi kerak.

Shuningdek, vazir Sherzod Shermatov oʻtgan oʻquv yili yakuni boʻyicha taʼlim sifati monitoringi, fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvida oʻquvchilarning oʻzlashtirishida aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirish boʻyicha aniq hamda samarali usullar haqida fikr bildirdi. Jumladan, oʻqituvchining darsga puxta tayyorgarlik koʻrishiga erishish, taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish, fan metodbirlashmalari va metodika kengashlari faoliyatini kuchaytirish, yosh pedagoglarga metodik koʻmak berilishini yoʻlga qoʻyish, XTXQTMOI bilan hamkorlik oʻrnatib, metodik xizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalar ijobiy qabul qilindi.

Поделиться