O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta'limi vaziri Qoraqalpog‘iston maktablaridagi ta'lim jarayoni bilan tanishdi

2019-12-11 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning 11 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 2018-2019 o‘quv yilida bitiruvchilari eng ko‘p oliygohlarga kirgan Nukus shahridagi 17-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoit hamda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishdi. So‘ngra maktabning pedagog xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Prezidentimiz rahbarligida ta’lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga ta’lim sifati hamda o‘qituvchi mavqeini oshirish, ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, o‘quv dasturi va darsliklar mazmunini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar topshirildi. Qolaversa, 2018-2019 o‘quv yili yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish natijalari tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, maktablarni qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash hamda 2019-2020 o‘quv yilida 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

11 dekabr kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Nukus shahridagi 19-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchi yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo‘yicha yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

- Prezidentimizning "Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik!” deya ilgari surgan tashabbusida ulkan maqsad mujassam, — deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. — Chunki xalq ta’limi sohasi birgina o‘qituvchining salohiyatini oshirish bilan rivojlanib qolmaydi. Bunga davlat va hukumat organlari, xalqimiz hamfikr va hammaslak bo‘lib, birgalikda harakat qilishi zarur. Asosiy e’tibor ta’lim sohasiga qaratilgandagina bu tizim rivojlanadi. Bugun bu borada ulkan qadamlar tashlanyapti. Endilikda o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan attestatsiya jarayoniga katta e’tibor qaratiladi. Saviyasiz, o‘z ustida ishlamaydigan yoki buni istamaydigan o‘qituvchini sohada ushlab turolmaymiz. Negaki, maktabda xalqning ertangi kunini yaratib, buyuk kelajakka poydevor qo‘ymoqdamiz. Shu bois talabchanlik bilan ishlamasak, rivojlangan mamlakatlar tajribalarini bosqichma-bosqich faoliyatimizda qo‘llamasak ezgu maqsadlarimizga yetishimiz mushkul.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri 11 dekabr kuni Nukus shahridagi 51-maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi. Yangi ta’lim maskanining ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi o‘rinbosari M.Jumanov, "Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi Sh.Usnatdinov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri A.Ayapov va Nukus shahar hokimi v.v.b. P.Tureshov, mehmonlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqib, keng jamoatchilikni, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarni yangi maktabning ochilishi bilan tabrikladi. Ota-onalar, maktab o‘quvchilari yangi qurilgan maktab uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Поделиться