O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazmoqda
2019-12-11 | Ta’lim
Oqdaryo tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T. Xudaybergenov rahbarligidagi sayyor qabul o‘z ishini boshladi.
Sayyor qabulda Oqdaryo, Ishtixon, Qo‘shrabot va Nurobod tumanlari aholisining murojaat, shikoyat va takliflarini davlat idoralari, vazirlik, viloyat tashkiloti vakillari qabul qilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmoqda.
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibroxim Djurayev tomonidan sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’ullariga topshiriqlar berilmoqda.