O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Brussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning loyihasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi

2019-12-10 | Siyosat

 2019-yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi mamlakatimizning turli vazirlik va idoralari vakillaridan tarkib topgan delegatsiya Brussel shahriga yetib boradi.

Tashrifning maqsadi 11-13-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning 4-raundini o‘tkazish hisoblanadi.

Siyosiy, sektorial va savdo masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Yevropa ishchi guruhlari qator maslahatlashuvlar, jumladan video-konferensiyalar orqali uchrashuvlar o‘tkazdi va ularning yakunlariga ko‘ra qayd etilgan bitim loyihasining turli jabhalari bo‘yicha anglashuvga erishdi.

Поделиться