O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buvayda tumanida tadbirkor oʻz mablagʻlari hisobidan 120 oʻrinli zamonaviy oʻquv binosi qurib berdi

2019-12-10 | Ta’lim

Tadbirkor Saidmahmud Sultonov oʻz mablagʻlari hisobidan 1 milliard 200 million soʻm ajratib, Buvayda tumanidagi 45-umumtaʼlim maktab hududiga qoʻshimcha 120 oʻringa ega boʻlgan zamonaviy oʻquv binosi qurib berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Buvayda tumanida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida S.Sultonovga mamlakatimizda taʼsis etilgan “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Koʻkrak nishoni topshirilish marosimida Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi M.Turdimatov hamda Buvayda tumani hokimi B.Ibragimov ishtirok etdi. Tadbirkor S.Sultonov Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatovga bu berilgan eʼtibor uchun alohida minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi ishlarida ham taʼlim muassasalariga yordam berish va koʻmaklashishini taʼkidlab oʻtdi.

Поделиться