O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi vaziri ӯrinbosari Nukusdagi «Hosil bayrami»da qatnashdi

2019-12-09 | Ta’lim

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilandi.

Yurtimiz bo‘ylab nishonlanayotgan ushbu sana «Hosil bayrami» tadbirlari bilan uyg‘unlashgan holda o‘tmoqda. Ayni damda Nukusda ham qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali marosim baland kenglik hududida xalq sayli sifatida tashkil etildi.

Respublikamizning barcha tumanlari o‘z pavilonlarida qishloq xo‘jaligida erishilgan yutuqlar, yetishtirilgan mahsulotlarining ko‘rgazmasini tashkil qilishdi. Bayram tadbiri sayl ko‘rinishida davom etdi va madaniy dasturlar, xalq o‘yinlari va sport musobaqalari boshlandi.

Milliy sport turlari bo‘lmish kurash, qo‘l qayirish, tosh ko‘tarish va arqon tortish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Bayram tadbiri san’at ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

Shuningdek, bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ham ishtirok etdi.

Поделиться