O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro ekspertlar bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-12-06 | Xavfsizlik sohasi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribani, odam savdosi jinoyati qurbonlarini aniqlash va ularga murojaat etish mexanizmini o‘rganish maqsadida xalqaro ekspertlar bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbirda vazirlik mas'ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sudi vakillari, shuningdek, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi T.Kotlyarenko, Shvesiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Per-Anders Sanesson, xalqaro ekspertlar Kevin Xaylend, Dmitro Kaplun va boshqalar ishtirok etdi.
Mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, shuningdek, mehnat migratsiyasini tartibga solish chora-tadbirlari, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning sabab va omillarini aniqlash hamda yo‘q qilishga qaratilgan tadqiqotlar to‘g‘risida so‘zlab berildi. So‘nggi yillarda odam savdosiga qarshi kurashish ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha yangi chora-tartiblarni amalga joriy etish va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish orqali kuchaytirildi. Odam savdosiga qarshi milliy qonunchilikka odam savdosi qurbonlarini aniqlash va ularda jabrlanuvchilarni xalqaro standartlarga muvofiq tarzda topshirish mexanizmining kiritilishi muhim yangiliklardan biri bo‘ldi.
Ekspertlar muhokama qilinga mavzuga doir qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish, takomillashtirishda yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.