O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2019-12-06 | Texnologiyalar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Dja bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv chog‘ida bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda AKT mutaxassislariga talab yuqoriligi, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning mamlakat iqtisodiy– ijtimoiy hayotidagi muhim o‘rni borasida fikrlar almashildi.
Shundan so‘ng, Janob Santosh Dja universitetda yaqinda ochilgan talabalar o‘quv–media laboratoriyasini hamda TATU huzuridagi Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markaziga tashrif buyurib yaratilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishib chiqdi va tomonlar istiqbolda hamkorlik borasida fikr almashdilar.