O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po’lat Bobojonov Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o’tkazdi

2019-12-04 | Jamiyat

Aholi muammolarini hal etishga qaratilgan yangi mexanizm – sayyor qabullar odamlarning og’irini engil qilishda, xalqimizning turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun mutasaddi rahbarlar joylarga chiqib, fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularga echim topayotgani xalqimizning davlat idoralariga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po’lat Bobojonovning Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o’tkazgan sayyor qabulida ham echimini kutayotgan muammolar atroflicha o’rganilib, ularga ijobiy echim topish choralari ko’rildi.

Aytish mumkinki, sayyor qabulda murojaatlarning aksariyatini ishga qayta tiklash, uy-joy, kadastr hamda xizmat uylarini rasmiylashtirish kabi masalalar tashkil etdi.

Muhimi, sayyor qabul davomida tushgan 35 dan ziyod murojaatlarning 10 ga yaqini joyida ijobiy hal etildi. Jumladan, Bolalar shaharchasidagi muammolar mutasaddi tashkilotlarning hamkorlikdagi sa’y-harakati bilan barham topdi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etilgan muloqot davomida O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi oldida turgan muhim masala ham atroflicha o’rganilib, amaliy yordam ko’rsatildi. Korxona rahbarlari berilgan yordam va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirishdi.

Kunning ikkinchi yarmida Ichki ishlar vazirining sayyor qabuli Mirzaobod tumanida davom etdi. Dastlab tumandagi «Do’ngariq» mahalla fuqarolar yig’ini aholini qiynayotgan muammolarga uyma-uy yurib echim izlandi. Qabulga fuqarolardan yo’llarning ta’mirtalabligi, elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlar, uy-joy va ijtimoiy himoya borasidagi murojaatlar kelib tushdi. Muammolarning bir qanchasi shu vaqtning o’zida ijobiy hal etildi.

Shu kuni Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan insonlar holidan xabar olinib, ularga beminnat yordam ko’rsatildi. Masalan, fuqaro Xonimoy To’raeva bir necha yildan buyon nogironlik aravachasiga muhtoj edi. Uning oilaviy ahvoli o’rganilib, Ichki ishlar vaziri tomonidan nogironlik aravachasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Mirzaobod tumanida aholiga o’z vaqtida ko’mir hamda suyultirilgan gaz etkazib berish muhim masalalardan biri hisoblanadi. General-leytenant Po’lat Bobojonovning «Mirzacho’l» va «Haqiqat» mahalalarida o’tkazgan sayyor qabuli ana shunday muammolarni bartaraf etdi, desak, mubolag’a bo’lmaydi. Berilgan topshiriqlar ijrosi samarasi o’laroq, mazkur mahallalar aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Shu bilan birga, «Haqiqat» mahallasining ichki yo’llariga shag’al yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Sayyor qabul paytida fuqarolar tomonidan bildirilgan, o’rganilishi va hal etilishi muayyan vaqt talab etadigan ayrim muammoli masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Поделиться