O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyatining turistik salohiyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi

2019-12-01 | Turizm

30-noyabr kuni Samarqand viloyati "Matbuot uyi" binosida OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Botirjon Nurullayev so'zga chiqib, o'tgan davr mobaynida turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida so'zlab berdi. Anjuman davomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi "Samarqand viloyatining sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 828-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi.

“Bugungi kunda viloyatda 562 ta turistik namoyish etish obyektlari, 142 ta mehmonxona (5949 o‘rin) va 135 ta oilaviy uy mexmonxonalari (1207 o‘rin), 170 ta turoperatorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birgalikda, 227 ta turistik klassdagi avtotransport vositalari, 230 ta gid-tarjimonlar sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda”, - dedi Nurullaev.

Bundan tashqari, yanvar-oktyabr oylari davomida 1446 o‘ringa ega bo‘lgan 27 ta mehmonxona, 43 ta turoperatorlik sub'ekti tashkil qilingani, 26 ta turistik klassdagi avtobus va 46 ta mikroavtobuslar olib kelingani, shu bilan birga, 8 (jami 11 ta) turistik axborot markazi tashkil etilgani ta'kidlandi. “Joriy yilning yanvar'-oktyabr' oylarining o‘zida 57 ta (jami 92 ta) yo‘l ko‘rsatkichlari va belgilari hamda Samarqand viloyati hududi turistik obyektlarida 40 ta (jami 101 ta) va yo‘l bo‘ylarida 18 ta (jami 21 ta) yangi sanitariya-gigiena shoxobchalari tashkil etildi”, - qo‘shimcha qildi viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari. Shuningdek, Batirjon Nurullayev mazkur qaror ijrosi hamda viloyatda turizmni rivojlantirishning boshqa jihatlari to'g'risida ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.  

Поделиться