O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti

2019-11-29 | Ta’lim

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ishlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan «Uznews.uz» saytida 2019-yil 28-noyabr kuni e’lon qilingan material yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti

Masala joyiga chiqib o‘rganilganda, quyidagilar aniqlandi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ma’muriy binosi 2019 yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan. 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab binoning 2-qavatida o‘quv xonalarida ta’lim jarayoni olib borilmoqda. Binoning issiqlik tizimi yangidan qurilgan lokal qozonxonaga ulangan. Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan qozonxona ishga tushgan va binolarga issiqlik berish boshlangan. Shunga qaramasdan, binoning 2-qavatidagi o‘quv auditoriyalarida issiqlik talab darajasida ta’minlanmagan.

Vazirlik mas’ul xodimlari, Olmazor tumani hokimi o‘rinbosarlari, «Olmazor tumani issiqlik quvvati» rahbariyati va mutaxassislari tomonidan ma’muriy binoning isitish tizimi va uning qozonxonasi joyida o‘rganildi.

Internet sahifasida tasvirlangan o‘quv xonalari ma’muriy binoning 2-qavatida joylashgan. Ushbu qavatda asosan ichkaridagi issiqlikni saqlash masalasi turgan. Qozonxonaga kelayotgan gaz bosimining pastligi, mazkur qavatdagi yangi o‘rnatilgan deraza romlari talab darajasida sozlanmaganligi bois, o‘quv xonalarida issiqlik yetarli darajada ta’minlanmagan. Hozirga paytda shu va boshqa kamchiliklar bartaraf etilmoqda, jumladan ikkinchi qozonni ham yoqish choralari ko‘rildi va bu ishlar vazirlik tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar va professor-o‘qituvchilardan issiqlik tizimi va boshqa joriy muammolar yuzaga kelganda quyidagi telefonlar orqali Axborot xizmatiga murojaat qilishlarini so‘raydi:

+998712461118; +998712461922.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Axborot xizmati
email: press@edu.uz

Поделиться