O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korporativ ijtimoiy mas'uliyat bo‘yicha O'zbekiston-Koreya forumi bo'lib o'tdi

2019-11-29 | Iqtisodiyot

28-noyabr kuni Savdo-sanoat palatasi Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda 2019 yil O‘zbekiston-Koreya korporativ ijtimoiy mas'uliyat bo‘yicha forumi va Janubiy Koreya kompaniyalarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov va Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchisi Kang Ja Kvon ishtirok etdi.

Kang Ja Kvon o'z nutqida bugungi kunda korporativ ijtimoiy mas'uliyat tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini, chunki bu butun insoniyatning barqaror o'sishini harakatlantiruvchi kuchi ekanligini ta'kidladi.
- Men o'ylaymanki bugungi tadbir so'nggi yillarda ikki mamlakat o'rtasidagi do'stona munosabatlarning juda muhim ahamiyat kasb etadi, bu qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilikni anglatadi, - dedi Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchisi Kang Ja Kvon.

O'z navbatida, raisning birinchi o'rinbosari Islom Jasimov O'zbekiston iqtisodiyotidagi koreys biznesi yetakchi o'rinlardan birini egallayashini va bugungi kunda 630 dan ortiq koreys korxonalari faoliyat ko'rsatayotganini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, koreyalik ishbilarmonlar O'zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish va barqarorligini ta'minlashda faol qatnashmoqda.

U o'z nutqining oxirida Savdo-sanoat palatasi nomidan O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha koreys kompaniyalariga mamlakat rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ushbu tadbir doirasida 2019-yilda Janubiy Koreya kompaniyalarining ijtimoiy rivojlanishga qo'shgan hissasini munosib taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Joriy yilning aprel-noyabr oylarida Koreya elchixonasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda so'rovnoma va tadqiqotlar o'tkazish orqali eng yaxshi 10 ta kompaniyani aniqlab, korporativ ijtimoiy mas'uliyat bo'yicha eng yaxshi kompaniyalarni tanladi.

Ushbu ro'yxatga Asiana Airlines (aviakompaniya), BOW (eksport uchun qadoqlash), GKD (paxta maxsulotlari ishlab chiqarish), Hyundai Engineering (muhandislik echimlari), KDB Bank Uzbekistan, KOGAS (gaz korporatsiyasi) kiradi "New Millenimum Construction" (qurilish kompaniyasi), "Hyundai Engineering & Construction" (qurilish industriyasi), "POSCO International" (elektr energiyasini ishlab chiqarish), "UNICO Logistics" (logistika kompaniyasi) "Korporativ ijtimoiy mas'uliyat orqali O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlashga qo'shgan ulkan hissasi uchun" nominatsiyasi ostida maxsus diplomlar bilan taqdirlandi.

Поделиться