O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston-Xitoy: Turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari

2019-11-27 | Turizm

27 noyabr kuni Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF)ning Markaziy Osiyo konferensiyasida Jahon sayyohlik shaharlar federatsiyasi ekspert kengashi a'zosi Din Pey I so'zga chiqib, "Xitoyda chiqish turizm bozori va O'zbekiston bilan turizm sohasida yanada hamkorlik" mavzusida ishtirokchilarga o'z fikrlarini bayon etdi.  

Shuningdek, tadbirda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti direktori Dilshod Narziqulov so'zga chiqdi. “Xitoy fuqarolari uchun viza rejimining bekor qilinishi Xitoydan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimining oshishiga zamin yaratadi.

Shuni inobatga olgan holda, tez orada Samarqand shahrida mehmonlarni qabul qilish uchun barcha zarur infratuzilma tashkil etiladi”, - dedi u.

Shuningdek, Dilshod Narziqulov gidlarga xitoy tilini o’qitishga oid ishlar olib borilayotgani, bu chet ellik sayyohlarning O’zbekistonda o’zlarini qulay his etishlari yo’lida xizmat qilishini qo’shimcha qildi.  

Поделиться