Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Hindistonning “Regal Laboratories” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda istiqbolli loyihalar, xususan, O‘zbekistonning farmasevtika erkin iqtisodiy xududlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish masalasi muhokama etildi.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Qoriev mamlakatimizning sarmoyaviy muhiti haqida so‘z yuritib, so‘nggi yillarda farmasevtika sohasida ulkan yutuqlarga erishilayotgani hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyoz va qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.
– O‘zbekistonlik mutaxassislar bo‘lajak sarmoyadorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirishmoqda. Hamkorlarimizning yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha berayotgan tavsiya va ko‘maklari biz uchun juda muhim, – deydi “Regal Laboratories” kompaniyasi bosh direktori Gulsaxil Singx. – Buning uchun Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutasaddilariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
M.QOSIMOVA, O‘zA