O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

2019-11-26 | Jamiyat

25-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha YXHT maslahatchisi Tatyana Kotlyarenko, Shvetsiyaning odam savdosiga qarshi kurashish maxsus topshiriqlari bo‘yicha elchisi Per-Andres Sanesson, Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi mutaxassisi Gerakl Moskoff, yevropa Kengashi Greti a'zosi Kevin Xaylend, Ukraina ijtimoiy siyosat vazirligi Gender tengligi bo‘limi boshlig‘i Dmitro Kaplun, O‘zbekistondagi YXHT loyiha koordinatori milliy maslahatchisi Lola Maqsudova hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yakubov boshchiligidagi vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mehnat sohasi bo‘yicha so‘nggi yillar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, shu umladan, majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, tashqi mehnat migratsiyasi tizimidagi islohotlar xususida fikr almashdi. YXHT maslahatchisi Tatyana Kotlyarenko O‘zbekistonning mehnat siyosatidagi bu kabi ijobiy o‘zgarishlarini alohida e'tirof etib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlab borishga tayyor ekanligini bildirdi.

Поделиться