O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda “StudFest” festivali bo‘lib o‘tmoqda

2019-11-25 | Jamiyat

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan “StudFest” festivali tashkil etildi.

Festivaldan maqsad yoshlar turmush darajasini oshirishga ko‘maklashish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim, sport, kibersport, axborot-kommunikatsiya yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tadbirkorlik sohasidagi faoliyatida amaliy yordam berish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaqin maslakdosh bo‘layotgan soha vakillarini rag‘batlantirishdan iboratdir.
 
Festivalning dastlabki kunida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzuida taniqli tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlar o‘z hayot yo‘li, qanday qilib yutuqlarga erishgani haqida gapirib berdi.
 
2-dekabrgacha davom etadigan festival doirasida sport musobaqalari, shoular, “Qizlar ovozi” forumi kabi tadbirlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

 

Gulnoza BOBOYEVA, O‘zA

Поделиться