O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Rosatom» DK vakillari Sanoat yaramarkasi va kooperatsion birjaga tashrif buyurdi
2019-11-25 | Iqtisodiyot
Poytaxtimizda Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerda respublikamizning mingga yaqin korxonalari, kompaniyalari va firmalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari 10 mingga yaqin mahsulot turlarini namoyish etmoqda.
Ushbu keng ko‘lamli tadbirning o‘tkazilishi - mohiyatan bu o‘ziga xos buyurtmalar portfelini shakllantirish, shu jumladan, xorijiy kompaniyalar bilan muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mexanizmlaridir.
Bunday tadbir respublika hududida loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kompaniyalar uchun maydoncha bo‘lib xizmat qiladi, hamda sanoat korxonalarining import o‘rnini bosuvchi mahsulotlari, ularning sifati va texnik xarakteristikalari, ulgurji va chakana narxlari, ishlab chiqarish quvvati va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil tanishish imkonini beradi.
Fursatdan foydalangan holda, “Rosatom” davlat korporatsiyasi vakillari «Rosatom» DK Bosh direktori Maslahatchisi Aleksandr Merten boshchiligida Sanoat yarmarkasiga tashrif buyurdi hamda taklif qilinayotgan mahalliy tovarlar va xizmatlar bilan tanishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad mahalliy tovarlar va xizmatlardan O‘zbekistonda barpo etilayotgan birinchi AES qurilishida foydalanishdan iborat.
Rossiyalik mutaxassislarni asosan qurilish materiallari, metall mahsulotlar, kabellar, transformatorlar, boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari va xizmatlar qiziqtirdi.
Mahalliy tovarlar ishlab chiqaruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchilarni atom elektr stantsiyasi qurilishiga maksimal darajada jalb qilish muhimligi qayd qilindi, shuningdek Kooperatsion birja hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.