O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Socar kompaniyasi bilan birga neft-kimyo mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadi

2019-11-25 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida shu yilning 22-noyabrida Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delagatsiya tarkibiga «Socar»,«Socar Trading» va «Chemtrade LLC» kompaniyalari vakillari kirdi.

O‘zbekiston tomoni nomidan energetika vaziri o‘rinbosari, shuningdek «O‘zbekneftgaz» AJ va «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati vakillari ish yuritdi.

Tomonlar Yevropa yo‘nalishidagi kimyoviy va neftkimyo mahsulotlari eksportiga yo‘naltirilgan qo‘shma korxonani tashkil qilish masalasini muhokama qildi.

Ushbu rejalar O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi yig‘ilishi (2019-yil, 15-oktabr, Baku) doirasidagi uchrashuvlari paytida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladi. 

Uchrashuv davomida Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari, «SocarTrading» kompaniyasi neftkimyo mahsulotlari departamentining marketing va sotuv bo‘yicha bosh direktori Rufat Katibli O‘zbekistonning neftni qayta ishlash zavodlariga uglevodorod xom ashyosini yetkazib berishdan manfaatdor ekanligini ham ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, maqsadlar bayonnomasi, shuningdek SOCAR, «O‘zbekneftgaz» AJ va «O‘zkimyosanoat» AJ o‘rtasida qo‘shma korxonani tuzish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va imzolash haqida kelishuvga erishildi va u kimyoviy, neftkimyo mahsulotlari va o‘g‘itlarni Yevropa bozorlariga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Поделиться