O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktabgacha ta’lim vazirligi turar-joy binolarining birinchi qavatlarida maktabgacha ta’limni yo‘lga qo‘yadi

2019-11-25 | Jamiyat

2019-yil 23-noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining (keyingi o‘rinlarda -MTT) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Umumiy hajmi 370 nafar bolani tarbiyalashga mo‘ljallangan ushbu MTTning ochilish marosimida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ishtirok etdi.

Sergeli tumanida qurilgan yangi maktabgacha ta’lim muassasalari turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan.

“Sirg‘ali tumani qurilish zichligi va yosh oilalarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’lim vazirligi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda aholini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlashga harakat qilmoqda. Biz yangi ob'yektlarni qurmoqdamiz va mavjudlarining imkoniyatlarini oshirmoqdamiz. Yangi MTT turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, u ota-onalar va bolalar uchun qulaydir. Hammasi bo‘lib ikkita maktabgacha ta’lim muassasasida 7 ta kunlik guruhlar va 4 ta qisqa muddatli guruhlar ikki smenada faoliyat yuritadi ”, deydi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Oziq-ovqat mahsulotlari ikki xil tarzda tashkil qilinadi:

- tashqi ovqatlanish oshxonasi, ovqat tayyorlash uchun jihozlar, idishlar va mebellar bilan ta’minlash;

- tayyor ovqatni MTTga yetkazib berish.

Shuningdek, ikkita maktabgacha ta’lim muassasasining ochilishi pedagog va yordamchi xodimlar uchun qo‘shimcha 41 ta ish o‘rnini yaratadi. Ikkala MTT ham 2019 yil dekabr oyida ishga tushadi.

Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida ma’lumot:

MTT raqami 40.

Manzil: Sergeli, Sputnik-16.

Quvvati: 90 nafar bola.

Guruhlar soni: 3 ta kunlik guruh.

Xodimlar: 10 ta tarbiyachi pedagog, 8 ta yordamchi xodim.

Ovqatlanishni tashkil qilish usuli: autsorsing.

MTT raqami 41.

Joylashgan joyi: Sergeli 7.

Quvvati: 280 nafar bola.

Guruhlar soni: 4 ta kunduzgi guruhlar, 2 ta smenada 4 ta qisqa muddatli guruhlar.

Xodimlar: 13 tarbichi pedagog, 10 yordamchi xodim.

Ovqatlanish usuli: autsorsing.

Поделиться