O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kelishuvlar davom etmoqda
2019-11-25 | Madaniyat
Joriy yilning 22-noyabr kuni Madaniyat vaziri Yaponiyaning Parlament vakillari, Palata deputatlari Shinichi Isa va Xirose Takase bilan rasmiy uchrashdi.
Deputatlar bilan 2020-yil Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida, o‘zbek milliy san’atini namoyish etish va madaniy tadbirlar tashkil etish borasida fikr almashildi.
Madaniyat vaziri delegatsiya bilan Yaponiyadagi tashrifi davomida Tokio milliy muzeyi va “Kabuki” teatriga borishdi.
Muzeyda O‘zbekistonga tegishli eksponatlar ham saqlanayotgan ekan.
Tokio milliy muzeyi Uyeno shahar parkining ichida joylashgan bo‘lib, maydoni 100 ming m2 teng, u juda qadimiydir va Yaponiyada eng katta muzey hisoblanadi. Unda beshta bino mujassam bo‘lgan, ya’ni Asosiy, Sharqiy, Marosim, Xeysey va Xoryudji ibodatxonalarining xazinasi zallaridan iboratdir.
Muzey direktori o‘rinbosari bilan, muzeylar faoliyatini o‘rganish, eksponatlar saqlovini ta’minlash, tajriba almashish va ekspozitsiyalar o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.
Delegatsiya “Kabuki” teatrining jamoasi va teatr faoliyati bilan tanishdi, so‘ng, spektakl tomosha qilishdi.