O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IHTning yubiley yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtiroki to‘g‘risida
2019-11-25 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 25-noyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘ladi.
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Yusuf al-Usaymin va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston delegatsiyasi 25-noyabr kuni Jidda shahrida IHT tashkil etilganligining 50 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan “Tinchlik va taraqqiyot uchun birlashish” shiori ostidagi tantanali yig‘ilish va tadbirlarda ishtirok etadi.
Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.