O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand yana bir nufuzli anjumanga mezbonlik qiladi

2019-11-25 | Turizm

Joriy yilning 26-27-noyabr kunlari Samarqand shahrida Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF)ning Markaziy Osiyo mintaqaviy konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berilmoqda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytida.

Ushbu tadbirda Xitoyning yetakchi sayyohlik kompaniyalari “QYER (Beijing) Company Limited”, “Utour”, “Caissa” va boshqalar, shuningdek, “Tourism Capital”, “Palm Investment Co”, “Shougang Concord International Enterprises Co. Ltd” kabi qator Xitoy investitsiya kompaniyalari vakillari ishtirok etadi. Ishtirokchi shaharlar orasida Penang (Malayziya), Tbilisi (Gruziya), Tanjung Pandan (Indoneziya), Gaaga (Niderlandiya) kabilarni qayd etish mumkin. Shuningdek, mazkur tadbirda qator xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. 
 
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazish O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini jahon maydonlarida keng targ‘ib etish, ushbu sohadagi yetakchi shaharlar tajribasidan foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ta’kidlash joizki, Samarqand O‘zbekistondan birinchilar qatorida - 2019-yilning boshida Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasiga a’zo sifatida qabul qilingan. Tashkilot 142 shahar va 80 xalqaro institutni o‘z ichiga oladi. 
 
Ma’lumot uchun: WTCF-butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi, Xitoy tashabbusi bilan butun dunyo bo‘ylab taniqli sayyohlik shaharlari va sayyohlik bilan bog‘liq muassasalar bilan birgalikda ixtiyoriy ravishda tashkil etilgan xalqaro sayyohlik tashkilotidir. U Pekinda 2012-yil​15-sentabrda tashkil etilgan, tashkilotning rasmiy tillari Xitoy va ingliz tillari hisoblanib, Bosh qarorgohi va kotibiyati Pekin shahrida joylashgan.

Поделиться