O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy tarmoqlarda 293-maktab bo‘yicha tarqalgan holatga izoh

2019-11-22 | Jamiyat

Bektemir tuman xalq ta’limi bo‘limi 293-maktab bo‘yicha tarqalgan holatga quyidagicha izoh beradi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni maktabga jiyanini olib ketish uchun kelgan noma’lum shaxs (jinsi ayol) kun sovuq bo‘lgani uchun navbatchidan ruxsat so‘rab, oshxonada issiq choy ichishga  kiradi. Maktab oshxonasidan sotib olgan choyidan 5-6-sinf o‘quvchilariga ichishni taklif etadi. Shu payt qo‘ng‘iroq chalinadi va o‘quvchilar darsga biroz kechikib kiradi. Holatga aniqlik kiritish uchun sinf rahbari N.Ansarova o‘quvchilar bilan muloqot qilgan notanish shaxs haqida direktor N.Tadjibayevani ogohlantiradi. Maktab rahbari oshxonaga tushib, noma’lum shaxs bilan savol-javob o‘tkazadi. Berilgan savollarga aniq javob bera olmagan fuqaro haqida darhol tuman IIB xodimlariga xabar beradi.

Maktabga kelgan tuman IIB xodimlari fuqaro bilan suhbatlashib, unga tegishli bo‘lgan sumka va kiyimlarni tekshiradi. Tekshiruv jarayonida sumkadan щprits borligi ma’lum bo‘ldi. Bu jismlarni fuqaro o‘quvchilarga ko‘rsatmagan va ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan hech qanday xatti-harakat qilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilganida, ushbu fuqaro (08.04.1996 yil tug‘ilgan Kaunbayeva Maxliyo Azimjon qizi) Toshkent viloyati, Olmaliq shahri IIBda bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida ekanligi va sog‘lig‘ida muammosi (ruhiy xasta) borligi ma’lum bo‘ldi. Yashash joyi aniqlanib, fuqaroning onasi (Muhabbat Miramitova) va Olmaliq shahar IIB xodimlarining qo‘liga topshirilgan.

Fuqaroning onasi farzandini sog‘lig‘ida muammosi borligini, lekin hech kimga zarari tegmasligini tasdiqlab, adashib borib qolganligini ma’lum qiladi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan noto‘g‘ri ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmaganligini bildiramiz.

Barcha maktab rahbarlariga doimiy ravishda muassasadagi har bir holatni nazorat qilish va begona shaxslarni o‘quv maskaniga kiritishni ta’qiqlanish bo‘yicha topshiriq berildi.

Поделиться