O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat va san’at: O‘zbek va yapon yoshlari o‘zaro tajriba almashadi

2019-11-22 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Safarda turli uchrashuvlar, o‘zbek san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Tashrif doirasida madaniyat vaziri B.Sayfullaev Yaponiyaning nufuzli ta’lim maskani – Tokio san’at universiteti rektori bilan uchrashdi. 
 
Mazkur universitet 1949 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z ichiga badiiy muzey, akademik kutubxona, opera, orkestr badiiy media-markazlari, konsert zallari, qadimiy san’atni o‘rganish tadqiqot instituti, ijrochilik san’ati, musiqashunoslik markazlarini qamrab olgan.
 
Universitet rektori Kadzuki Savva bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiyada san’at sohasidagi ta’lim muhokama qilindi. Bu borada o‘ziga xos xususiyatlar, o‘qitish tizimidagi o‘xshashlik yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, institutlarda yaratilgan sharoitlar, faoliyat davomida erishilayotgan yutuqlarga nazar tashlanib, bunda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, iste’dodini namoyish etishi uchun sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.
 
O‘zbek va yapon talabalarining o‘zaro tajriba almashinuvlari, o‘qituvchi, professorlarning malaka oshirishlari uchun hamkorlik qilish taklifi ilgari surildi.

Поделиться