O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar xokimligida Italiyaning “SI.SE” kompaniyasi bosh direktori David Panitentini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-11-22 | Iqtisodiyot

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov, Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti boshlig‘i S.Tojiyev, Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i A.Jo‘rayev, shuningdek “SI.SE” kompaniyasi mutasaddilari, Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti Luidji Iperti, palataning Toshkentdagi vakillari qatnashishdi.

Uchrashuvda poytaxtimizda yo‘llarni tartibga solishda ishlatiluvchi halqaro standardlar darajasidagi yo‘l belgilarini joriy etish masalasi muhokama etildi.

Ma’lumot o‘rnida qay etish joiz, “SI.SE” kompaniyasi yo‘llardagi harakatni tartibga solish belgilarini o‘rganish, tayyorlash va amalga kiritish bo‘yicha 40 yillik tajribaga ega. Yevropa mamlakatlari bilan ushbu yo‘nalishda 25 yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya vakillari ushbu tajribalaridan kelib chiqqan holda shahrimizdagi yo‘llarni tartibga solish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari Italiya kompaniyasiga taklif uchun minnatdorlik bildirdilar. Shuningdek, tomonlar ayrim hududlarda mazkur yo‘l belgilarini sinov tariqasida joriy etish borasida fikr almashdilar.

Поделиться