O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Abadiy do‘stlik tarannumi

2019-11-22 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida Turkmaniston mustaqilligining 28 yilligi hamda Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“O‘zbek – turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlik munosabatlari taraqqiyotining yangi bosqichi“ mavzusidagi mazkur tadbirga milliy madaniy markazlarning vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, yoshlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari taklif etildi.
 
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Nasim Alimov va boshqalar mamlakatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, ahillik va hamjihatlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash borasidagi amaliy intilishlar tinchlik va osoyishtalikni, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
 
O‘zbekiston Turkman milliy madaniy markazi yurtimizdagi eng faol jamoat tuzilmalaridan sanaladi. Mazkur markaz tomonidan tashkil etilayotgan do‘stlik festivallari, forumlar, konsert va ko‘rgazmalar, rang-barang ijodiy loyihalar yoshlarda istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlarining mustahkam qaror topishida muhim omil bo‘lmoqda.
 
– Azaldan xalqlarimiz bir daryodan suv ichishi bilan birga qo‘shni, quda-anda, qadrdon bo‘lgan, – dedi Toshkent shahridagi Turkman milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari Bibisora Rajapova. – Jonajon O‘zbekistonimizda yetti tilda ta’lim olib boriluvchi maktablar safiga turkman tilida bilim beruvchi o‘quv dargohlari ham kiradi. Poytaxtimizda barpo etilgan “Ashxobod“ saylgohi bugun hamyurtlarimiz hordiq chiqaradigan sevimli maskanga aylandi. Yozuvchi va shoirlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik kuchaymoqda. Bularning barchasi do‘stlik aloqalarimiz tobora yangi va yuqori bosqichga chiqib borayotganidan darak beradi.
 
Tadbirda taniqli san’atkorlar, badiiy jamoalar, milliy madaniyat markazlarining ansambllari, yoshlar ijrosida istiqlolimiz, do‘stlik, tinchlik va osoyishtalik, samimiy tuyg‘ularni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
 

N.USMONOVA, O‘zA

Поделиться