O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vazirligida Yaponiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-11-21 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov joriy yilning 19-noyabr kuni Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchisi Yoshinori Fudziyamani qabul qildi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etildi.

Muloqotda Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Yaponiya O‘zbekistonning strategik hamkori bo‘lib, uzoq yillardan buyon respublikaga eng ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda yordam berib kelmoqda.

Tomonlar energetika, neft-gaz, kimyo va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokarada ko‘mirga asoslangan elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihasining maqsadga muvofiqligiga e’tibor qaratildi.

Yaponiya tomoni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining yapon kompaniyalari hamkorlikda amalga oshirish  rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston elektr energetikasi sohasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JIKA) moliyaviy ko‘magi bilan Navoiy IESning bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) va To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi loyihalarini bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Agar mamlakatimizda yillik elektr energiyasini ishlab chiqarish taxminan 65 milliard kVt.s ni tashkil qilsa, shundan 57 mlrd. kVt. s issiqlik stantsiyalarida ishlab chiqarilmoqda.  JIKA moliyaviy ko‘magida qurilgan bug‘-gaz stantsiyalarining issiqlik elektr stantsiyalarida ishlab chiqarilgan umumiy elektr energiyasi hajmining 20-25 foizini tashkil etadi.

Bugungi kunda "Navoiy IESda uchinchi bug‘-gaz qurilmasi qurilishi" loyihasi doirasida quvvati kamida 600 MVt teng elektr energiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihasi doirasida hamkorlik davom etmoqda. Shuning bilan birga, Navoiy IESda  to‘rtinchi bug‘-gaz qurilmasi qurilishini moliyalashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilyapti.

Ta’kidlash joizki, Yaponiya kompaniyalari bilan neft-gaz sohasida hamkorlik rivojlanib bormoqda. Xususan, "O‘zbekneftgaz" AJ "Mitsubishi Corporation" bilan hamkorlikda tabiiy gazdan monoetilenglikolni ishlab chiqarish masalasini o‘rganmoqda.

Bundan tashqari, "Yokogawa Corporation" bilan "O‘zbekneftgaz" AJ o‘rtasida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish sohasida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolangan.

Поделиться